Jamiyat

MIB tarixida eng katta miqdordagi aliment to‘landi

Published

on


Nukuslik erkak 1 nafar farzandi uchun 2,2 mlrd so‘mlik alimentni to‘ladi.

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida erkak 1 nafar farzandi uchun aliment pulini to‘liq miqdorda oldindan to‘lab berdi.

MIB xabariga ko‘ra, ijro harakatlari davomida, qarzdor Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga kelib, farzandi 18 yoshgacha to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan.

Qarzdorga Vazirlar Mahkamasining 808-son qaroriga muvofiq farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lashi mumkinligi tushuntirilgan va kelgusi 13 yil davomida to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullari hisoblab chiqilgan. Qayd qilinishicha u 2 milliard 270 million 812 ming so‘mni tashkil etgan.

Shundan keyin aliment undiruvchi ayol MIB Nukus shahar bo‘limiga kelib, hisoblab chiqilgan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni sobiq turmush o‘rtog‘idan olganini tasdiqlagan.

Ta’kidlanishicha, bu qiymat MIB tarixida hozircha eng yirik miqdordagi to‘lov bo‘lib qolmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version