Iqtisodiyot
Meva-sabzavot eksporti 1,7 mlrd dollardan oshdi
Iqtisodiyot | 14:58
327
1 daqiqa o‘qiladi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 1,7 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,8 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,7 foizga yuqori bo‘lib, mamlakat jami eksportida meva-sabzavot ulushi 5,9 foizni tashkil etdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, eksport tarkibi quyidagicha shakllangan:
meva va rezavorlar – 523,2 ming tonna;
sabzavotlar – 524,8 ming tonna;
tarvuz-qovun – 231,5 ming tonna;
yeryong‘oq va yong‘oqlar – 21,8 ming tonna;
mosh – 86,2 ming tonna;
boshqa turdagi mahsulotlar – 434,3 ming tonna.
Meva-sabzavot eksport hajmi va qiymatining o‘sishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan tashqi bozor talabining ortib borishi bilan izohlanmoqda.