Jamiyat

Metan zapravkalar yana uzluksiz ishlay boshlaydi

Published

on


Ertadan metan zapravkalar uzluksiz ishlay boshlaydi. 

Ertaga, 30-dekabr soat 09:00 dan boshlab Respublika hududidagi barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. 

Shuni inobatga olgan holda, avtotransport vositalari egalari yoqilg‘i quyishni ertadan boshlab kun davomida, shu jumladan tungi soatlarda ham o‘zlariga qulay vaqtlarda, navbatlarni yuzaga keltirmagan holda amalga oshirishlari mumkin, deyiladi Energetika vazirligi xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, ikki haftacha avval zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilgandi. Shu paytgacha ular 10:00 dan 16:00 gacha ishladi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version