Sport
Messi tarixdagi ikkinchi milliarder futbolchi bo‘ldi
38 yoshli argentinalik futbolchining boyligi 1 milliard dollardan oshdi.
Foto: Scott McIntyre/Bloomberg via Getty Images
Lionel Messi rasman milliarderlar klubiga qo‘shildi. Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, 38 yoshli argentinalikning boyligi 1 milliard dollardan oshdi. Shu tariqa, Messi Krishtianu Ronaldudan keyin tarixdagi ikkinchi milliarder futbolchiga aylandi.
«Barselona», «PSJ» va «Inter Mayami» klublaridagi faoliyati davomida argentinalik futbolchi faqat maosh va bonuslar ko‘rinishida 700 million dollardan ortiq daromad olgan. Shuningdek, Adidas bilan uzoq muddatli shartnoma, «Inter Mayami» klubidagi ulush, Apple, Pepsi va boshqa global brendlar bilan shartnomalar daromadining 1 milliarddan oshishini ta’minladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Messi Saudiya Arabistonidan juda foydali takliflarga murojaat qilmasdan bu marraga erishdi. 2023 yilda u MLS va «Inter Mayami»ni tanlagan edi.
Avvalroq, Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan tuzilgan shartnoma tufayli birinchi milliarder futbolchiga aylandi. Shuningdek, Devid Bekhem ham milliarder hisoblanadi, ammo u futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng shu marraga yetdi.