Jamiyat

Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi

Published

on


Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan.

DXX xabariga ko‘ra, u zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, ularni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga har biridan 32 ming AQSh dollaridan, jami 96 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sayyohlik firma rahbari oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version