Dunyodan
“Medalning egasi o’zgarishi mumkin, ammo laureat unvoni o’zgarmaydi” – Nobel qo’mitasi
Bir muddat avval venesuelalik dissident Mariya Kolina Machado Trampga Nobel medalini topshirgani xabar qilingan edi.
Norvegiya Nobel qo‘mitasi AQSh prezidenti Donald Trampga Mariya Korina Machadoning tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti medalini saqlab qolishga ruxsat bergani e’tiborga molik.
Bu haqda tashkilot X ijtimoiy media platformasida ma’lum qildi.
“Medalning egasi oʻzgarishi mumkin, ammo tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori unvoni oʻzgarishsiz qoladi”, — deyiladi bayonotda.
Oldinroq qo‘mita “Nobel mukofoti bekor qilinishi, bo‘linishi yoki boshqasiga o‘tkazilishi mumkin emas” va “qaror abadiy kuchda qoladi” degan bayonot bilan chiqqan edi.
Eslatib oʻtamiz, 6-yanvar kuni Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Kolina Machado Venesuelaga qilingan hujumga javoban 2025-yilda qoʻlga kiritgan tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini AQSh prezidentiga topshirishga tayyorligini maʼlum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u mukofotni qabul qilar ekan, uni Amerika yetakchisiga bag‘ishlagan, chunki u “janob Tramp bunga loyiq edi” deb hisoblagan. Muxolifat yetakchilari 3-yanvar kuni prezident Tramp ko‘pchilik imkonsiz deb o‘ylagan ishni “bajardi”, ya’ni Maduro rejimini ag‘darib tashlaganini aytdi.
15 yanvar kuni Prezident Tramp Oq uyda Machado bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng muxolifat yetakchisi AQSh prezidentiga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti medalini topshirganini ma’lum qildi. Fox News xabar berishicha, Amerika rahbari buni qabul qilgan.