Sport
Mayk Tayson va Floyd Meyvezer o‘rtasida superjang o‘tkaziladi
Boksdagi «davrlar jangi» 2026 yil bahoriga rejalashtirilgan. Tashkilotchilar unutilmas tomoshani va’da qilmoqda.
Boks olami yaqindagina imkonsiz bo‘lib tuyulgan voqeaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ring afsonalari Mayk Tayson va Floyd Meyvezer ko‘rgazmali jang o‘tkazishga kelishib oldi – tashkilotchisi CSI Spors kompaniyasi. Jang 2026 yilning bahorida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
59 yoshli Tayson bo‘layotgan voqealarga o‘zi ham to‘liq ishonmasligini tan oldi:
«Bu jang boks olami hech qachon kutmagan jang bo‘ldi. Buni hatto tasavvur ham qilib bo‘lmasdi. Ammo bugun sportimiz oldindan aytib bo‘lmaydigan davrga qadam qo‘ymoqda va bu uchrashuv hammasidan ham kutilmagani bo‘ladi».
48 yoshli Meyvezer, o‘z navbatida, muxlislar uzoq vaqtdan beri orzu qilgan narsalariga ega bo‘lishini aytdi:
«Boksdagi 30 yil davomida hech kim menga dog‘ tushira olmadi. Bilasizmi, agar men ringga chiqsam, bu har doim ko‘lam va afsona bo‘ladi. Men boks biznesining eng yaxshisiman».
Independent xabariga ko‘ra, tashkilotchilar ulkan reklama kampaniyasini va’da qilmoqda va rekord darajadagi tomoshalarni bashorat qilmoqda – bu Taysonning 2024 yilda Netflix’da 108 million tomoshabin yig‘gan bloger Jyeyk Pol bilan jangidan ham yuqori.
Bundan tashqari, promouterlar «ochkolarni hisoblash tizimini va boksni idrok etishni abadiy o‘zgartiradigan» yangi texnologiyalardan foydalanishni e’lon qildi. Tafsilotlar hozircha sir saqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. Uning hisobida 59 ta jang bo‘lib, shundan 50 tasida g‘alaba qozongan. So‘nggi jang Jyek Polga mag‘lubiyat bilan yakunlangan, biroq «Temir Mayk» 20 mln dollar ishlab olgan.
Floyd Meyvezer yarim o‘rta vaznda jahon chempioni hisoblanadi. So‘nggi ko‘rgazmali jangini 2024 yil avgustida Jon Gotti bilan o‘tkazgan.