Jamiyat

Maxsus kiyimdagi firibgarlar aholini pul to‘lashga majburlamoqda

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi sifatida ko‘rsatayotgan, maxsus kiyimdagi shaxslar aholidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik bahonasida pul talab qilayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. FVV bu shaxslarning vazirlikka hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda maxsus kiyim kiygan ayrim shaxslar o‘zini go‘yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun pul to‘lashni talab qilayotgani aks etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu shaxslarning rasmiy ravishda vazirlikka hech qanday aloqasi yo‘qligini qat’iy ta’kidladi.

Agar shunday holatga duch kelsangiz:

darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish;

FVVning (95) 772-10-50 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish so‘raladi.

Vazirlik fuqarolarni hushyor bo‘lishga, har qanday to‘lov talablarining qonuniyligini tekshirishga va o‘zini davlat idorasi xodimi sifatida tanishtirayotgan har qanday shaxsdan rasmiy guvohnoma va hujjatlar talab qilishga chaqirmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version