Dunyodan

Maskat va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi.

Published

on


O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Ummon madaniy meros va turizm vaziri Said Ibrohim bin Said Albusaidiy bilan uchrashdi. Unda ikki davlat oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish maqsadida o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi. Turoperatorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda 2026 yil 1 iyundan Maskat va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi maʼlum qilindi.Tomonlar ushbu tashabbus ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada jonlantirishiga ishonch bildirdi.

Said Ibrohim Al-Busaydiy O‘zbekiston bilan Ummon o‘rtasidagi turizm va madaniyat sohasidagi hamkorlik keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sayyohlar soni ortib borayotganini yuqori baholadi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, yangi havo yoʻnalishlarining ochilishi oʻzaro sayohatlar geografiyasini kengaytiradi va turizm bozori uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining Ummonga tashrifi arafasida Maskat shahrida mamlakatning turizm salohiyatiga bagʻishlangan rodshou tadbirini oʻtkazish tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Xususan, ikki davlatda fotoko‘rgazma o‘tkazish taklifi ma’qullandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version