Iqtisodiyot

Markaziy bank oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qila boshladi

Published

on


Narxlar quyma qadog‘ining holatiga qarab belgilanadi. 5 yanvar holatiga ko‘ra, qadog‘i but holatdagi quymalar sotish narxidan 3,9 foizga, texnik talablarga mos kelmaydiganlari esa 4,9 foizga pastroq sotib olinyapti.

Markaziy bank o‘lchovli oltin quymalarining kunlik sotuv narxlari haqidagi ma’lumotlarni yangilab borardi. Endilikda qimmatbaho metallni qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilib borish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi.

Narxlar quyma qadog‘ining holatiga qarab belgilanadi. 5 yanvar holatiga ko‘ra, barcha og‘irlikdagi quymalarni sotish va qaytarib sotib olish o‘rtasidagi tafovut qadog‘i butun holatda 3,9 foiz, qadog‘i buzilgan holatda esa 4,8 foiz atrofida shakllanyapti.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 8 mln 735 ming so‘mni, uni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but bo‘lsa 8 mln 395 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga javob bermasa 8 mln 311 ming so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga chiqargan. 2020 yil noyabridan boshlab esa o‘zbekistonliklarda jamg‘armalarini quyma oltin shaklida saqlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra narxlar doimiy o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version