Iqtisodiyot

Markaziy bank aholining «iste’mol kayfiyati» bo‘yicha ma’lumot berdi

Published

on


Markaziy bank 2025-yil IV choragi uchun «Iste’mol kayfiyati sharhi»ni e’lon qildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, aholining iste’mol kayfiyatida ijobiy tendensiyalar saqlanib qolgan va umumiy barqarorlik ta’minlangan.

Ushbu hisobotda ta’kidlanishicha, iqtisodiy sharoitlar va moliyaviy barqarorlikka bo‘lgan ishonch yuqori darajada saqlanmoqda. Aksariyat respondentlar kelgusida vaziyat yaxshilanishiga ishonmoqda.

Daromadlar bo‘yicha kutilmalar barqaror: ishtirokchilarning 67 foizi kelgusi 12 oyda daromadlari oshishini kutayotganini bildirgan. Shu bilan birga, moliyaviy holatni ijobiy baholovchilar ulushi ham yuqori darajada qolmoqda.

Shuningdek, xarajatlar bo‘yicha kutilmalar ham yuqori bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning 76 foizi kelgusida xarajatlari ortishini bildirgan. Asosiy yo‘nalishlar sifatida uy-joy ta’miri, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda yirik xaridlar qayd etilgan.

Kreditga bo‘lgan talabda ham faollik kuzatilmoqda. So‘rov ishtirokchilarining 54 foizi yaqin oylarda kredit olish ehtiyoji borligini bildirgan. Kredit mablag‘lari asosan uy-joy ta’miri, ta’lim va avtomobil xaridiga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Jamg‘arishga moyillik ham ijobiy tendensiyani saqlab qolgan. Respondentlarning 62,6 foizi jamg‘armalari oshishini kutayotganini bildirgan. Biroq choraklik kesimda jamg‘armalar hajmida ma’lum darajada pasayish qayd etilgani aholining xarajatlari ortishi bilan izohlanadi.

Markaziy bankka ko‘ra, aholining moliyaviy holati ijobiy baholanmoqda. Qisqa va o‘rta muddatli iqtisodiy kutilmalar yuqori optimizm bilan shakllangan bo‘lib, bu ichki bozor barqarorligi uchun muhim signal sifatida qaralmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version