Iqtisodiyot
Markaziy bank 11 ta bankni jarimaga tortdi
Markaziy bank 11 ta bankni jarimaga tortdi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil fevral oyida 7 marotaba yig‘ilish o‘tkazib, banklar, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid 43 ta masalani muhokama qildi.
Asosan:
– ro‘yxatga olish va ruxsat berish masalalari,
– banklar va kredit tashkilotlarining moliyaviy holati,
– prudensial me’yorlar va Markaziy bank ko‘rsatmalariga rioya etilishi,
– inspeksiya tekshiruvlari natijalari,
– iste’molchilar huquqlarini himoya qilish,
– bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablari,
– «tartibga solish qumdoni» doirasidagi sinov jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklar natijasida:
– 11 ta bankga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
– 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek:
– 8 ta bankga nisbatan moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi va makroprudensial buferlarni shakllantirish topshirildi.