Jamiyat

Marg‘ilonda salkam 1 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi

Published

on


Marg‘ilon shahrida 963,5 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro S.A. va boshqalar o‘zlarining yashash xonadonlari va savdo do‘konlarida qonunga xilof ravishda sifat sertifikati bo‘lmagan tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ulardan umumiy bahosi 963,5 mln so‘mlik 46 turdagi tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Prokuratura va DXX Ohangaronda dorifurushlarni ushlagandi. 

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version