Sport
«Manchester Siti»ning Angliya kubogidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Angliya kubogi chorak finaliga qur’a tashlandi, unga ko‘ra, «Manchester Siti» safarda «Bornmut»ga qarshi to‘p suradigan bo‘ldi.
«Bornmut» — chakana raqib emas. Ammo Gvardiola va uning jamoasi, xususan, Abduqodir Husanov bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonamiz.
Angliya kubogining 1/4 final o‘yinlari 29-mart kuni bo‘lib o‘tadi.