Jamiyat
mamlakatda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilmoqda
2026 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalar soni qizlarga nisbatan ko‘proq bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davrda mamlakat bo‘yicha 191 mingdan ortiq tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.
Statistikaga ko‘ra, yanvar–mart oylarida jami 191 086 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan. Shundan 98,5 ming nafari yoki 51,5 foizi o‘g‘il bolalar, 92,6 ming nafari yoki 48,5 foizi esa qiz bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, qishloq joylarda tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan. Xususan, qishloqlarda 97,4 mingta chaqaloq tug‘ilgan bo‘lsa, shahar joylarda bu ko‘rsatkich 93,7 mingtani tashkil etgan.
Mazkur davrda har ming aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 20,2 promille bo‘lgani qayd etildi.