Jamiyat

Malayziyada murakkab ahvolga tushib qolgan ikki fuqaro O‘zbekistonga olib kelinadi

Published

on


O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyada deportatsiya markazida saqlanayotgan va murakkab ahvolga tushib qolgan ikki nafar vatandosh yurtga qaytariladi.

Ushbu insonparvarlik ko‘magi mamlakatda e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida amalga oshirilyapti.

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Malayziya Ichki ishlar vazirligi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda deportatsiya markazidagi Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan vatandosh M.Yu.ni tez kunlarda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Uning pasporti yo‘qligi sababli unga elchixona tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi va uning yaqinlari ko‘magida “Kuala-Lumpur – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviareysga aviachipta xarid qilindi.

Shuningdek, “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketgan Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro J.M.ga ham ko‘mak berildi.

Diplomatik vakolatxona J.M.ga Malayziya IIV Migratsiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Kuala-Lumpurdagi vatandoshlar tez kunlarda O‘zbekistonga, ya’ni o‘z oilalari bag‘riga qaytariladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version