Mahalliy

maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydi

Published

on


Joriy yil 19-iyul kuni qabul qilingan PF-114-sonli Prezident farmoni bilan Hukumatning 2021 yil 19 noyabrdagi «Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

Bu haqda ta’limga doir yangiliklarni bo‘lishib boruvchi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilgi qaror bilan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi. 

Bunda baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqarilishi belgilangan edi.

Mazkur baholar esa ball ko‘rinishida abituriyent to‘plagan umumiy ballga qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda yana 2 yilga kechiktirilgan. 

114-son farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version