Jamiyat

Mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 5 trln so‘m ajratiladi

Published

on


Mahallalar qiyofasini yangilash, hududlarda sanoat va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida «Mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish va Yangi O‘zbekiston qiyofasini shakllantirish»ga qaratilgan ustuvor islohotlar dasturi loyihasi tayyorlandi.

Loyiha doirasida mahallalar hududida ishlab chiqarish korxonalari hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Xususan, qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun tadbirkorlarga kredit mablag‘lari ajratishga jami 5 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish mexanizmini joriy etish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, milliy valutada olingan kreditlar bo‘yicha foizning 10 foizgacha, xorijiy valutada esa 4 foizgacha bo‘lgan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.

Mazkur tashabbus mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version