Jamiyat

Mahallalar uchun yangi daromad manbalari joriy etiladi

Published

on


O‘zbekistonda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish maqsadida qo‘shimcha daromad manbalari yaratiladi. Bu orqali mahallalar hududidagi ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni mahalliy darajada hal etish imkoniyatlari kengayadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevga mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha taqdimotda Respublika mahalla jamg‘armasiga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratilgani hamda mahallalar uchun 300 milliard so‘mdan ziyod doimiy daromad manbalari shakllantirilayotgani ma’lum qilindi.

Xususan, mahalla hududida sanitariya qoidalari va noqonuniy qurilishlar bo‘yicha qo‘llanadigan jarimalarning bir qismi mahalla budjetlariga yo‘naltiriladi. Shuningdek, yer va mol-mulk solig‘idan tushadigan mablag‘lar ulushi 10 foizdan 15 foizga oshiriladi.

Bundan tashqari, bo‘sh yer maydonlarini ijaraga berish va ayrim binolarni sotishdan tushadigan mablag‘lar ham mahallalar ixtiyorida qoldiriladi.

Qayd etilishicha, mazkur mablag‘lar ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklari barpo etish, bolalar va sport maydonchalarini qurish, mahalla bog‘larini tashkil etish hamda ehtiyojmand oilalar bandligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version