Jamiyat

madaniy hamkorlik yuzasidan qo‘shma bayonnoma imzolandi

Published

on


O‘zbekiston va Ozarbayjon madaniyat vazirliklari o‘rtasidagi madaniyat sohasida Qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan delegatsiyalarga O‘zbekiston tomonidan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, Ozarbayjon tomonidan esa mamlakat Madaniyat vaziri o‘rinbosari Farid Jafarovlar raislik qildi.

Tomonlar ikki tomonlama madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan qat’iy intilishlarini tasdiqlagan holda, yig‘ilish do‘stona muhitda o‘tkazildi.

Delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida amalga oshirilayotgan madaniy hamkorlikning joriy holati yuzasidan axborot almashdilar.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi  bir qator  masalalar bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Yig‘ilish yakunida ikki davlat madaniyat vazirliklari o‘rtasida madaniy hamkorlik yuzasidan qo‘shma bayonnoma imzolandi.

Ozarbayjonda «O‘zbekiston madaniyat kunlari» tadbirlari davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version