Iqtisodiyot

«Lukoyl»ning xorijiy aktivlari Gunvor Groupʼga sotiladi

Published

on


«Lukoyl» o‘zining xorijiy aktivlarini Gunvor Group kompaniyasiga sotish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Ushbu kompaniya 2000 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shved tadbirkori Torbiorn Tornkvist va rossiyalik biznesmen Gennadiy Timchenko tomonidan asos solingan. Timchenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin odamlaridan biri sifatida ko‘riladi.

«Lukoyl» o‘zining xorijiy aktivlarini Gunvor Group kompaniyasiga sotish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya Gunvor’ning «Lukoil International GmbH»ni sotib olish bo‘yicha taklifini qabul qilgan va boshqa potensial xaridorlar bilan muzokara olib bormaslik majburiyatini olgan.

Bitimning amalga oshishi qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, Gunvor tomonidan AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) ruxsatini olish talab etiladi. Shuningdek, boshqa xorijiy yurisdiksiyalarda zarur bo‘ladigan litsenziya va ruxsatnomalar ham olinishi kerak.

Ehtimoliy savdo bitimining tuzilishi «ayrim davlatlar tomonidan «Lukoyl»ga nisbatan kiritilgan cheklov choralari» bilan izohlangan. Kelishuvning to‘liq tafsilotlari ochiqlanmagan.

Gunvor Group 2000 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaga shved tadbirkori Torbiorn Tornkvist va rossiyalik biznesmen Gennadiy Timchenko tomonidan asos solingan. Timchenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin odamlaridan biri sifatida ko‘riladi. 2014 yilda, Rossiya Qrimni anneksiya qilishi fonida Timchenko o‘z ulushini Tornkvistga sotadi. Bu kompaniyani sanksiyalarga tushishdan saqlab qolish uchun qilingan chora sifatida baholangan.

Avvalroq Amerika tomoni Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoil» bilan bog‘liq tranzaksiyalarni bloklagani xabar qilingandi. AQSh sanksiyalari e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotish bo‘yicha salohiyatli xaridorlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version