Sport

“Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda

Published

on


O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi yakunlangach, mikst-zona yaqinida ikki klub futbolchilari ishtirokida janjal kelib chiqdi. Unda klublardan ikki nafar vakil yengil tan jarohati olgan.

Milliy gvardiya vaziyatga yaqin ekanligidan kelib chiqib, mojaro tezda bartaraf etilgan. Ichki ishlar organlari tayanch punktida o‘tkazilgan surishtiruvda tomonlar bir-biriga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

“Mazkur holat Komissar tomonidan bayonlashtirilgan. Shundan kelib chiqib, Liga vaziyatni to‘liq o‘rganish maqsadida Assotsiatsiya qoshidagi Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyaga rasmiy murojaat qildi. Ayni vaqtda inspeksiya mojaro ishtirokchilari bilan suhbat o‘tkazib, Bunyodkor stadionida ro‘y bergan holatni stadion kameralari tasvirlari, Komissar bildirgisi va albatta uchrashuv davomida ro‘y bergan kichik to‘qnashuv va epizodlar yordamida o‘rganmoqda. O‘rganish ishlari yakunlangach, inspeksiya holatning kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari to‘liq bayonlashtirilgan materialni Ligaga taqdim etadi”, deyiladi O‘zbekiston PFL xabarida.

Qayd etilishicha, Liga tayyor materialni Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiradi va mojaroning har qanday ishtirokchisi sportchilarga xos bo‘lmagan harakatlari uchun tegishli tartibda jazolanishini ta’minlaydi.

2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Bunyodkor” “Lokomotiv” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version