Dunyodan

“Livanda G’azo stsenariysi takrorlanmoqda…” – Ispaniya Bosh vaziri

Published

on


Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Isroil yetakchisi Benyamin Netanyaxuni qattiq tanqid qilib, uni Livanda G‘azo sektoriga o‘xshash vayronagarchilikka olib keladigan stsenariyni amalga oshirayotganlikda aybladi.

Sanches Ispaniya parlamentida qilgan chiqishida bu siyosatlar Yaqin Sharqni beqarorlashtirib, global iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolardan chalg‘itayotganini aytdi. U urushni “noqonuniy, mantiqqa zid va o‘ta jiddiy xato” deb atadi.

Ispaniya bosh vaziri shunday dedi: “Adolatsiz urushga qarshi turish aqlsizlik va qo’rqoqlikdir”.

Sanches, shuningdek, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harakatlari mintaqadagi vaziyatni yomonlashtirayotganini aytdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version