Jamiyat

Latviyada mushkul ahvolda qolgan fuqaro oilasi bag‘riga qaytarildi

Published

on


Latviyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqaro O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida oilasi bag‘riga qaytarildi.

Xususan, Riga shahriga pul topish maqsadida kelgan K.F. sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keladi va ishsiz qoladi. Shu munosabat bilan u elchixonaga O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Diplomatlar Latviya Migratsiya xizmati xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi va vatandoshning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatdi. Elchixona va Xalqaro migratsiya tashkilotining Rigadagi vakolatxonasi ko‘magida hamyurtimiz vaqtincha turar joy bilan ta’minlandi. Shuningdek, uning vatanga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berildi.

Fuqaro Rigadan O‘zbekistonga Uzbekistan Airways aviareysida kuzatib qo‘yildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version