Jamiyat

Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Published

on


Hafta boshi va dam olish kunlari ayrim viloyatlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, harorat pasayishi kutilmoqda. Ushbu vaziyat qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kuzgi ishlarga xalal bermaydi. Kun.uz’da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Sentyabr oyining uchinchi haftasini Qozog‘iston markazidan o‘tishi kutilayotgan sovuq antitsiklon belgilaydi. Aynan shu havo oqimi chorshanba-juma kunlari respublika hududlarida tunda ham, tongda ham havo haroratining sezilarli pasayib ketishini ta’minlaydi. Payshanba tongida hafta davomidagi eng past harorat kuzatilishi mumkin – ko‘plab tekislik hududlarida havo harorati +10 daraja, tog‘larda +5 daraja, baland tog‘larda hatto nol darajagacha pasayib ketishi prognoz qilinmoqda.

Ushbu haftadagi salqinlik baland tog‘ yaylovlarida o‘tlab yurgan chorva mollarini pastga tomon haydab o‘tishni tezlashtiradi. Ayrim baland tog‘ qishloqlarida mavsum uchun ilk sovuq urish holatlari kuzatilishi ham mumkin.

Sentyabr oyi so‘nggi haftasi va oktyabr boshlari iliqroq va quruq, oktyabrning ikkinchi yarmidan mintaqada haroratning asta-sekin pasayishi, noyabr oyida ham sovuq havo oqimlari ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim prognozlarga ko‘ra, qish oylari umumiy fonda sovuq va quruq o‘tishi kutilmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version