Sport

kurashchilarni tayyorlash tizimi qayta tashkil etiladi

Published

on


“Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjatda 2026 yildan muntazam musobaqalar o‘tkazish, akademiya tashkil etish hamda tumanlarda ixtisoslashgan sport klublarini yo‘lga qo‘yish kabi choralar belgilandi.

“Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan sport kurashlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, O‘zbekiston prezidenti kubogi, bosh prokuror kubogi, “O‘zbekiston botirlari” turniri, shuningdek, Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlari o‘rtasida kubok va chempionatlar tashkil etib boriladi.

Hujjatda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasini tashkil etish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga muvofiq, 2026-2027 o‘quv yilidan har bir tuman (shahar)da kamida 1 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi.

Shuningdek, sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash maqsadida xorijiy trenerlar va mutaxassislarni jalb etish choralari ham belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version