Jamiyat
Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi
Kun.uz muxbiri Ruslan Saburov «Oltin qalam» milliy mukofotining internet-nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin bilan taqdirlandi.
Bugun, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun XIX xalqaro tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz’ning surishtiruvchi jurnalisti Ruslan Saburov XIX «Oltin qalam» milliy mukofotining internet-nashrlar yo‘nalishida 3-o‘rin bilan taqdirlandi.
«Oltin qalam» XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi 5 ta asosiy nominatsiya — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet nashrlari hamda «Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi. Shuningdek, tanlovda qator rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va saytning doimiy eksperti, siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.