Jamiyat

Kuchli dorilarni ruxsatsiz sotayotgan dorixona sotuvchilari ushlandi

Published

on


Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Qo‘qon shahrida joylashgan “U.F” oilaviy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi xaridorga 50 dona ampuladagi “Omnadren 250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 2,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Dang‘ara tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buvayda tumani “Yangiqo‘rg‘on” MFYda joylashgan “V.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchichi xaridorga 75 dona ampuladagi “Omnadren 250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 4,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version