Sport

«Kristal Pelas» «Liverpul»ni yengib o‘z tarixida ilk bor Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Published

on


Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «Kristal Pelas» g‘olib chiqdi.

Bahs Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi. Asosiy vaqtda «Liverpul»dan Ugo Ekitike va Jyeremi Frimpong gol kiritgan bo‘lsa, «Kristal Pelas»dan Jan-Filipp Mateta va Ismoil Sarr gollarga mualliflik qilishdi. 

Penaltilar seriyasida «Kristal Pelas» o‘yinchilariga omad kulib boqdi — 3:2.

«Liverpul» safida Muhammad Saloh, Aleksis Makallister va Xarvi Elliottlar penaltidan samarali foydalana olishmadi.

Superkubok 1908 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Superkuboklarda g‘olib chiqish bo‘yicha «Manchester Yunayted» rekordchi — 21ta sovrin. «Liverpul»da 16ta sovrin bo‘lsa, «Kristal Pelas» ilk bor g‘olib bo‘ldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version