Jamiyat

Kreditga olingan avtomashina qidiruvda topildi

Published

on


Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro N.S. “Hayot bank”dan 168 million so‘mlik avtokredit olib, yangi “Lasetti” sotib olgan. Biroq, u kredit to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Majburiy ijro Byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, N.S.ning qarz miqdori 17 million so‘mga yetib, sud orqali ijro harakatlari boshlangan.

Majburiy ijro jarayonida ma’lum bo‘lishicha, qarzdor o‘zining bank garovi ostidagi avtomashinasini yana bir boshqa shaxsga 3 500 dollar qarz olish uchun garovga qo‘yib yuborgan.

Qidiruv davomida avtomashina garajda davlat raqam belgisiz holda topilgan. Mashina qismlarining ayrimlari almayshtirilgani ham aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda bank tomonidan yetkazilgan zarar va kreditni to‘liq undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilgan.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version