Iqtisodiyot

Kreativ industriya eksporti 1 mlrd dollardan oshiriladi

Published

on


Prezident qarori bilan 2030 yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Hujjatga ko‘ra, kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSh dollaridan oshirish rejalashtirilgan.

2026 yil 16 fevral kuni “Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2030 yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Jumladan, kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSh dollaridan oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga — 145 trln so‘mga yetkazish, sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish o‘rinlarini 500 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Qarorda 2026–2027 yillarda 1-bosqichda Kreativ industriya parki infratuzilmalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish ham belgilangan. Unda sayr etish va dam olish hududlari, art-obekt va monumental san’at asarlari joylashgan yashil bog‘ barpo etiladi.

Bundan tashqari, raqamli dizayn va dasturlash yo‘nalishida nufuzli xalqaro maktab, buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona, badiiy ijodkorlar paviloni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari hamda kovorking markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version