Iqtisodiyot
Korxonalar soni bo‘yicha top-5 hudud ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:32
514
1 daqiqa o‘qiladi
2025 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 460,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 390,3 mingtasi yoki 84,8 foizini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etadi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha top-5 hudud:
Toshkent shahri – 105 593 ta;
Toshkent viloyati – 44 620 ta;
Samarqand viloyati – 39 539 ta;
Farg‘ona viloyati – 36 977 ta;
Qashqadaryo viloyati – 29 534 ta.