Jamiyat

Koreyaga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Published

on


O‘zbekistonning bir nechta hududida fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, pul olgan shaxslar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro viloyatida fuqaro N.J. migratsiya sohasida ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga yuborishni va’da qilib, 7 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Andijon viloyatida esa «N.K.» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari S.E. xorijiy oliygoh diplomini olib berish va ishchi viza rasmiylashtirishni va’da qilib, fuqarodan 6 ming dollar va 3 million so‘m talab qilgan. U pulning bir qismini olgan vaqtida ushlangan. Tergov davomida mazkur shaxs yana 14 nafar fuqarodan jami 44,1 ming dollar olgani ham aniqlangan.

Namanganda «G.V.» MChJ rahbari A.V. ikki nafar fuqaroni Koreyadagi oliy ta’lim muassasasi magistraturasiga o‘qishga va ishga joylashtirishni va’da qilib, 11 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Surxondaryo viloyatida esa fuqaro F.R. bir shaxsni 10 ming dollar evaziga Koreyaga ishga yuborishni aytgan. U mablag‘ning bir qismi – 5 ming dollar va 61 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version