Jamiyat

Koreyaga ishga va o‘qishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Published

on


Buxoro, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Koreyaga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan yirik miqdorda pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Ayrim holatlarda o‘nlab ming dollar mablag‘lar firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgani aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir nechta firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi.

Jumladan, Buxoro viloyatida fuqaro N.J. tanishlari orqali fuqaroni Koreya Respublikasiga yuborishini aytib, 7 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Andijon viloyatida esa N.K. nodavlat ta’lim muassasasi rahbari S.E. fuqaroga xorijiy davlat diplomini olib berish va Koreyaga ishchi viza rasmiylashtirishni va’da qilib, 6 ming AQSh dollari hamda 3 million so‘m talab qilgan. U mablag‘ning bir qismi — 500 dollar va 3 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Tergovga qadar tekshiruvda mazkur shaxs yana 14 nafar fuqarodan Koreyaga ishchi viza olib berish bahonasida jami 44,1 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan.

Namangan viloyatida G.V. MChJ rahbari A.V. ikki nafar fuqaroni Koreyadagi oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichiga o‘qishga va ishga joylashtirishni va’da qilib, 11 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Surxondaryo viloyatida esa fuqaro F.R. bir shaxsni 10 ming AQSh dollari evaziga Koreyaga ishga yuborishini aytib, mablag‘ning bir qismi sifatida 5 ming dollar va 61 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga doir moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version