Jamiyat

Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi

Published

on


«Dunyo» AA ma’lum qilishicha, ommaviy axborot vositalarida Janubiy Koreyada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining bildirishicha, mamlakating Seuldagi diplomatik vakolatxonasi Janubiy Koreyaning vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas.

Shuningdek, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi diplomatlari voqea joyiga borib vaziyatni o‘rgangan. Natijada halok bo‘lgan shaxs 60 yoshli Qozog‘iston fuqarosi ekani aniqlangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version