Iqtisodiyot

Koreyada Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazi ochildi

Published

on


Koreyaning Paran shahrida Koreta Co., LTD kompaniyasining yangi savdo-logistika markazi ishga tushirildi. 

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Markazning ochilish marosimida amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov hamda O‘zbekistonning Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov ishtirok etdi.

Logistika markazi farg‘onalik yosh tadbirkorlar — Abduvohid Qodirov, Javohir Valiyev va Muhammadsaid Xo‘jayev tashabbusi hamda 6 million dollarlik sarmoya hisobiga barpo etildi.

O‘zbekistonning Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov so‘zga chiqib, Koreta kompaniyasi O‘zbekiston mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarishda muhim o‘rin tutayotganini qayd etdi. Elchixona tomonidan vatandoshlar biznes tashabbuslariga amaliy ko‘mak va qo‘llab-quvvatlash doimiy ravishda ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi.

Marosim doirasida Koreta Co., LTD kompaniyasi faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Kompaniya 10 yildan ortiq vaqtdan beri oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlarini Koreya bo‘ylab yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Hozirda 1000 dan ziyod mijozlar bazasi mavjud bo‘lib, kompaniya Koreya harbiy tizimi bilan ham mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Assortiment 1100 dan ziyod turdagi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.

Mahsulotlar qisman O‘zbekistondan, shuningdek, Rossiya, Gruziya, Bolgariya, Italiya, Polsha va Niderlandiya kabi 17 dan ortiq davlatdan keltiriladi. Kompaniyaning Polshada ofislari, Qozog‘istonda sut mahsulotlari zavodi hamda O‘zbekistonda to‘qimachilik fabrikalari faoliyat yuritmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version