Jamiyat

Koreya granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta tez yordam avtomashinasi olib kelinadi

Published

on


Koreya Respublikasining DK Consultants kompaniyasi granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta tez tibbiy yordam avtomashinasini yetkazib berish bo‘yicha 7 million dollarlik memorandum imzolandi

Koreya Respublikasining DK Consultants kompaniyasi granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi yetkazib beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha tegishli memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, tez yordam avtomashinalarini 2026 yilning birinchi yarmida xarid qilish rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 7 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Kelishuv Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziri o‘rinbosari F. Tashpulatov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida imzolandi.

Kompaniya rahbariyati bilan uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, muloqot chog‘ida:

Toshkent shahridagi 7-son klinik shifoxonani davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olish;

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy davolash binosini barpo etish yuzasidan takliflar bildirildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version