Jamiyat
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
Unda, Shayxontohur tumanida «C.C.» MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli 2 ta ko‘p qavatli uyning gaz qurilmasi qoidabuzarlik sababli payvandlash yo‘li bilan gaz ta’minoti to‘xtatilganiga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 852 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.