Jamiyat

Kontent markazida «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Published

on


Bugun, 18-may kuni Kontent markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ijodkor ziyolilar, jamoat arboblari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

«Yurt qayg‘usida 365 kun» kitobi «Yangi O‘zbekiston» gazetasi tahririyati ijodiy guruhi tomonidan nashrga tayyorlangan bo‘lib, u Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomida serqirra faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlarini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar va fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli to‘plam hisoblanadi.

«Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob sahifalarida davlatimiz rahbarining xalq dardi, islohotlar sur’ati, xalqaro maydondagi faol diplomatik tashabbuslari, yoshlar, ta’lim, ma’naviyat va taraqqiyot yo‘lidagi izchil harakatlari keng yoritilgan.

Mazkur kitob vatan qayg‘usi bilan yashagan, xalq ishonchi va mas’uliyatini har kun yurakdan his etgan rahbar faoliyatining badiiy publitsistik ifodasidir. Asar orqali kitobxon nafaqat siyosiy jarayonlarni, balki mamlakat taraqqiyoti ortida turgan ulkan mehnat, matonat va fidoiylikni ham his etadi», – dedi Jurnalistlar uyushmasi rahbari Shuhrat Oripov.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar kitob mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat rahbarining xalq bilan muloqoti va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim bosqichlarini o‘zida aks ettirganini ham ta’kidladi.

«Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati Bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Doniyorovning qaydicha, kitobni yaratish g‘oyasi jamoatchilik murojaatlari asosida shakllangan.

«Bu g‘oya keng jamoatchilik g‘oyasi desak to‘g‘ri bo‘ladi. O‘quvchilarimiz va mushtariylarimizning doimiy murojaatlari orqasida biz bunday kitoblarni albatta jamlashimiz kerakligini angladik», – dedi S.Doniyorov.

Shuningdek, taqdimotda 2025-yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi bosqich bo‘lgani qayd etildi. Jumladan, o‘tgan yili tarixda birinchi marta O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 145 milliard dollardan oshgan. Oltin-valyuta zaxiralari esa 60 milliard dollardan ortgan.

Taqdimot ishtirokchilari kitobda nafaqat raqamlar, balki ular ortida turgan ulkan mehnat, davlat rahbarining tizimli yondashuvi va joylardagi muammolarni hal etish jarayonlari ham tahliliy asosda yoritilganini aytib o‘tishdi.

Shuningdek, «Yurt qayg‘usida 365 kun» keng kitobxonlar ommasi bilan bir qatorda siyosatshunoslar, tarixchilar, tadqiqotchilar, xalqaro munosabatlar mutaxassislari, jurnalistlar, talaba yoshlar hamda Yangi o‘zbekistondagi islohotlar jarayonini chuqur o‘rganishga qiziquvchi mutaxassislar uchun ham muhim manba vazifasini o‘taydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version