Jamiyat
Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam olinadi?
Jamiyat | 11:20
1357
1 daqiqa o‘qiladi
2025 yil 8 dekabr – O‘zbekiston konstitutsiyasi qabul qilingan kun bo‘lib, joriy yilda u haftaning dushanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Bayram arafasida dam olish kunlari bo‘yicha quyidagi tartib amal qiladi:
6 dekabr, shanba – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi;
7 dekabr, yakshanba – dam olish kuni;
8 dekabr, dushanba – O‘zbekiston konstitutsiyasi kuni munosabati bilan rasmiy bayram va dam olish kuni;
9 dekabr, seshanba – barcha uchun ish kuni etib belgilangan.
Shu tariqa, 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar uchun 6, 7 va 8 dekabr kunlari ketma-ket 3 kun dam olish imkoniyati yaratiladi.