Dunyodan
Kolumbiya va Ekvador prezidentlari sudlanmoqda
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Ekvador prezidenti Daniel Novoaga nisbatan tuhmat yuzasidan rasmiy sudga murojaat qildi. Ikki qo‘shni davlat rahbarlari o‘rtasidagi ziddiyatlar xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortdi.
Mojaro Daniel Novoaning so‘zlaridan keyin boshlangan. U Kolumbiya rahbarini 2025 yilda Ekvadorning Manta shahriga tashrifi chog‘ida kuchli narkobaron Fito bilan yashirin aloqada bo‘lganlikda aybladi. Gustavo Petro bu ayblovlarni qat’iyan rad etib, buni o’zining siyosiy obro’siga “qasddan qilingan zarba” deb atadi.
Petro, shuningdek, Ekvador sobiq vitse-prezidenti Xorxe Grasni ozod qilishga chaqirdi. Uning so’zlariga ko’ra, Novoa so’rovga “o’ta qo’pol” bo’lgan.
Kolumbiya prezidenti Mantaga tashrifi chog‘ida Ekvador harbiylari uning xavfsizligini Novoaning shaxsiy buyrug‘i bilan ta’minlaganini aytdi.
Bu da’vo ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni inqiroz yoqasiga olib keldi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, mojaro mintaqaviy xavfsizlik va narkotiklarga qarshi hamkorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.