Jamiyat

Ko‘kdaladagi yashirin sex fosh etildi

Published

on


Ko‘kdala tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro N.S. “Qumdaryo” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil qilib, iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 200 litr yog‘, 166 kg. paxta chigiti va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version