Mahalliy

Kogondagi «oshkora qotillik» ishi yuzasidan sud hukm o‘qidi: 23 yil

Published

on


2024 yilning oktyabrida Buxoro viloyati Kogon shahridagi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli idoralardan biri oldida 53 yoshli erkakning 29 yoshli yigit hamda uning 61 yoshli onasini o‘zaro janjal paytida pichoqlagan va yigit olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida mazkur qotillik jinoyatiga oid sud ishi ko‘rib chiqildi va hukm o‘qildi.

Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi va 25,97-moddasi 2-qismi «a,v,j» bandlari hamda 112-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud ish bo‘yicha guvohlar va jabrlanuvchi tomonning suddagi ko‘rsatmalarini tingladi va yig‘ilganlarga sud hukmini o‘qib eshittirdi.

Shu tariqa, sud 53 yoshli N.N.ga 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version