Iqtisodiyot
Kiyim ishlab chiqarishda Andijon viloyati peshqadam bo‘ldi
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan 34,3 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,9 foizga oshgan. Kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta ulush Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga muvofiq, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 34,3 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 32,9 foizga ko‘pdir.
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:
Andijon viloyati – 15,3 trln so‘m;
Toshkent viloyati – 3,4 trln so‘m;
Namangan viloyati – 3,4 trln so‘m;
Toshkent shahri – 2,4 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati – 2 trln so‘m;
Navoiy viloyati – 1,7 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 1,5 trln so‘m;
Buxoro viloyati – 1,3 trln so‘m;
Samarqand viloyati – 1,1 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati – 520,7 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati – 481,8 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 457,5 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati – 361,4 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati – 358,7 mlrd so‘m.
Shu tarzda, kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha peshqadam hudud Andijon viloyati bo‘lib, u respublikada yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan umumiy mahsulot hajmining katta qismini tashkil etdi. Toshkent va Namangan viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahri ham tarmoqdagi yetakchi hududlar sirasiga kiradi.