Jamiyat

Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi

Published

on


O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari o‘rtasida milliy kitobxonlik harakati yo‘lga qo‘yilib, g‘oliblar uchun 50 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan pul mukofotlari joriy etildi. Bu prezidentning “Yoshlar orasida kitobxonlik dasturini keng joriy etish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilandi.

Sun’iy intellekt yaratgan surat

Hujjatga ko‘ra, 2026 yildan boshlab har yili umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida milliy kitobxonlik harakati o‘tkazib boriladi.

Dastur uch bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich kitobxonlikharakati.uz elektron platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilsa, ikkinchi va uchinchi bosqichlar viloyat hamda respublika darajasida oflayn formatda bo‘lib o‘tadi.

Tanlov ishtirokchilari yosh toifalari bo‘yicha saralanadi. Xususan, yuqori sinflar — 6–8 va 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Jumladan, birinchi o‘rin sohiblari 50 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘rin sohiblari 30 ming dollar, uchinchi o‘rin sohiblari esa 15 ming dollar miqdorida mukofot oladi. Shuningdek, beshta qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarga ham 10 ming dollardan pul mukofoti topshiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version