Jamiyat

 Kitob 36 yillik sayohatdan so‘ng kutubxonaga qaytarildi

Published

on


AQShning Virjiniya shtatida joylashgan Ferfaks okrugi kutubxonasida kutilmagan, ammo juda iliq voqea qayd etildi. Bolalar uchun mo‘ljallangan, 1956-yilda chop etilgan “Harry the Dirty Dog” kitobchasi qariyb 35 yildan so‘ng yana o‘z joyiga — kutubxona javoniga qaytdi.

Kitob 1989 yil noyabrida AQShda yashayotgan grek diplomati va uning rafiqasi tomonidan olingan. Oradan vaqt o‘tib, ular boshqa davlatga ko‘chib ketishar ekan, kitob ham “chemodanga tushib qolgan”. Shu tariqa bolalar kitobchasi diplomatik safarlarni boshlab, egalari bilan birga dunyoni aylanib chiqdi.

Yillar o‘tib, ota-onasi nafaqada, Gretsiyada yashay boshlagan paytda, ularning o‘g‘li Dimitris uydagi  javonda o‘zlariga tegishli bo‘lmagan kitobni ko‘rib qoladi. Ichida kutubxona muhri bor kitob unga tinchlik bermaydi. Natijada u kitobni Ferfaks kutubxonasiga pochta orqali yuborib, ilova xatda uning “uzoq va sersayohat taqdiri”ni tushuntirib beradi.

Kutubxona xodimlari kitobning qaytib kelganidan chin dildan xursand bo‘lishdi. Ular nafaqat Dimitrisga, balki kitobni yillar davomida ehtiyotkorlik bilan saqlab kelgan ota-onasiga ham minnatdorchilik bildirishdi. Chunki kech qaytgan bo‘lsa-da, kitob juda yaxshi holatda edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version