Jamiyat

Kia Family Day – hissiyotlar va samimiylikka yo‘g‘rilgan kun

Published

on


Samimiy muhit, quvnoq tabassum va hamjihatlik – O‘zbekistonda Kia egalari uchun ezgu an’anaga aylangan Kia Family Day tadbiri shu tarzda o‘tdi. Bayram tadbiri ishtirokchilarga do‘stona muloqot quvonchi, yangi taassurotlar hadya etdi va Kia – bu avtomobildan ko‘ra ko‘proq ekanini yana bir bor eslatdi.

Kuz Kia egalari uchun o‘ziga xos tadbir — an’anaviy Kia Family Day bilan boshlandi, u brendning rasmiy servis xizmat ko‘rsatishlarida o‘z avtomobillariga muntazam xizmat ko‘rsatish uchun murojaat etuvchi eng sodiq mijozlarni to‘playdi.

Bu yilgi tadbir 21 sentabr kuni Toshkentda va 27 sentabr kuni Namanganda bo‘lib o‘tdi, unda 100 dan ortiq mijozlar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Dastlabki daqiqalardayoq mehmonlarni shinamlik va quvnoqlik muhiti qurshab oldi. Animatorlar va boshlovchilar bayramona kayfiyat yaratib, suratga tushish uchun hududlar va o‘yin maydonchalari kunni yorqin lahzalarga to‘ldirdi. Bolalar ijod qilib, o‘ynashar ekan, yoshi kattalar jonli musiqa, xushbo‘y qahva va do‘stona muloqotdan zavq olishdi. Har bir ishtirokchi Kia servis xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislaridan foydali maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir doirasida sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bepul maslahatlar berildi. Avtomobil egalari avtomobilni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar olishdi, amaldagӣ aksiyalar va yangi servis bo‘yicha takliflar haqida bilib olishdi, shuningdek, distribyutor va dilerlik markazlari vakillari bilan suhbatlashishdi.

Ko‘plab mehmonlar Kia qanday qilib ularning hayotining bir qismiga aylangani haqida hikoya qilishdi va avtomobillardan foydalanish tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi.

Bayram brend hamkorlari — Total, Bars, Neoline, StarLine, Rival va Cardinar kompaniyalari ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Ular o‘z tadbirlari, yutuqli o‘yinlari va sovg‘alarini tayyorlab, tadbirni yanada yorqinroq qildi. Har bir ishtirokchi Kia Uzbekistan’dan esdalik sovg‘alari, ba’zilari esa hamkorlardan qimmatbaho sovg‘alar oldi.

“Bu chindan ham kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lib o‘tdi”, – dedi ishtirokchilardan biri va tashkilotchilar hamda Kia brendiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Kia Family Day yana bir bor shuni isbotladiki, Kia egalari shunchaki mijozlar emas, balki umumiy qadriyatlar — ishonch, g‘amxo‘rlik va harakatga bo‘lgan muhabbat bilan birlashgan haqiqiy oiladir.

“Biz uchun har bir mijoz Kia nafaqat ishonchli avtomobil, balki hurmat, e’tibor va do‘stlik hukm suradigan hamjamiyatning bir qismi ekanini his qilishi muhim”, – deya ta’kidladi Kia Uzbekistan vakillari.

Har yili Kia Family Day butun mamlakat bo‘ylab brend egalarini birlashtirib, ularning hayotini samimiylik va ilhom bilan to‘ldirmoqda.

Kia — bu birlashtiruvchi brend.

O‘zbekistonda Kia avtomobil brendi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

 Reklama huquqi asosida





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version