Iqtisodiyot

Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – S&P prognozi

Published

on


So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq taxmin qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. S&P xalqaro reyting agentligi kutilmalariga ko‘ra 2028 yilning oxiriga borib milliy valutaning AQSh valutasiga nisbatan qiymati 13 751 so‘mga yetishi mumkin.

O‘zbekiston Markaziy banki 24 noyabr kungi savdolar uchun 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursini 11 914 so‘m etib belgiladi. Yil boshidan buyon so‘mning Amerika valutasiga nisbatan mustahkamlanishi 7,7 foizni tashkil etyapti.

S&P xalqaro reyting agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi keyingi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi mumkin:


2026 yilning oxirida – 12 592 so‘m;
2027 yilning oxirida – 13 158 so‘m;
2028 yilning oxirida – 13 751 so‘m.

So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yaxshi bo‘lsa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflatsiya darajasi oshib ketsa, so‘mning qadri pasayadi. Tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version