Jamiyat

Katta yo‘lda Cobalt avtomobilini boshqarib yurgan 13 yoshli bola aniqlandi

Published

on


Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 13 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini topshirib qo‘ygan fuqaroga chora ko‘rildi. 

Viloyat YHXB qayd etishicha, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirida katta yo‘lda Cobalt rusumli avtomobilni boshqarib yurgan 13 yoshli fuqaro aniqlangan. Voyaga yetmagan haydovchi mashinani boshqarishiga otasi ruxsat berganini bildirgan.

Bolaning otasi esa o‘g‘li yolg‘iz bo‘lmaganligi, o‘zining yonida ekanligi sababli unga mashina boshqaruvini berganini ta’kidlagan.

Ushbu shaxsga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version