Jamiyat

katta miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi

Published

on


DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “zakladka” qo‘yishni rejalashtirgan shaxs ushlandi. Tezkor harakatlar davomida undan va turli hududlardagi manzillardan jami katta miqdorda “gashish” hamda “mefedron” ashyoviy dalil sifatida olindi.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bektemir tumani hududida “zakladka” qo‘yishni rejalashtirgan, Jizzax viloyati Zafarobod tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, uning yonidan 6 gramm “gashish” va 5 gramm “mefedron” giyohvandlik vositalari aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs ustachilik qilayotgan Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan hovli uy ko‘zdan kechirilganda, bu yerdan jami 1 kg 700 gramm “gashish” va 500 gramm “mefedron” ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Shuningdek, uning doimiy istiqomat qiladigan Zafarobod tumanidagi uyidan ham 800 gramm “mefedron” sintetik narkotik moddasi olingan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari doirasida uning ehtimoliy jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version